Ko‘p beriladigan savollar
Yetkazib berish qancha turadi?
Narx masofaga bog‘liq: bazaviy narx + har qo‘shimcha km uchun. Aniq summa savatda manzil tanlanganda ko‘rsatiladi.
Qanday to‘lash mumkin?
Naqd pul (kuryerga), Payme yoki Click orqali. Karta ma’lumotlari bizda saqlanmaydi.
Buyurtmani bekor qilsam bo‘ladimi?
Restoran qabul qilguncha — ha, buyurtma sahifasida. Keyin esa qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing.
Yetkazish kodi nima?
Buyurtma sahifasidagi 4 xonali kod. Taomni olganingizda kuryerga ayting — bu buyurtma aynan sizga topshirilganini tasdiqlaydi.
Taom sifati yomon bo‘lsa-chi?
Buyurtma sahifasida «Muammo / pulni qaytarish» tugmasini bosing. 48 soat ichida murojaat qilish mumkin.
Restoranimni qanday ulayman?
«Hamkor bo‘ling» sahifasida ariza qoldiring — administrator tekshirib, faollashtiradi.